"Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan...

Yana bir ozdan so'ng "Al Nasr" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi OCHL pley-off doirasidagi o'yin Dubay shahridagi "Al Maktum" stadionida start oladi.

Sal avval jamoalar stadionga yetib kelishgani haqida ma'lumot bergandik. O'yin boshlanishiga 1 soatdan sal kamroq vaqt qolganida jamoalar uchrashuv oldidan odatiy ravishda o'tiladigan chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborishdi.

Mazkur jarayon tasvirlangan galereyamizni esa e'tiboringizga havola etamiz.


Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda g'olib chiqqan jamoa 4-mart kuni start oladigan OCHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

"Paxtakor" mazkur o'yinda quyidagi tarkibda uchrashuvni boshlaydi (4-2-3-1): 35.Sanjar Quvvatov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A'zamov, 15.Egor Krimec, 34.Farruh Sayfiev - 20.Odiljon Hamrobekov, 7.Sadriddin Abdullaev - 17.Doston Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov - 21.Marat Bikmaev.

Qayd etish kerak, bugungi o'yinni jarohatlari bois darvozabon Eldorbek Suyunov, himoyachilar Akrom Komilov, Marko Simich va yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaev o'tkazib yuborishadi.

"Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlash uchun Toshkentdan bir guruh ishqibozlar tashrif buyurishgan. "Al Nasr"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan Akrom Komilov jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassisi Laslo Yambor bilan odatdagidek maxsus dastur bo'yicha individual shug'ullanmoqda. 

Akrom Komilov "Al Maktum" stadioniga kelgan o'zbekistonlik muxlislar iltimosini yerda qoldirmasdan selfini amalga oshirmoqda...

Shuningdek, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida yana bir vakillarimiz AGMK jamoasi "Al Nassr" bilan to'qnash kelgan. Mazkur o'yinlarda vakillarimizga omad tilab qolamiz!


Manba: championat.asia