“Al Nasr” autsayderga yutqazib qo'ydi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016, 12:37
Kecha Saudiya Arabistoni chempionatining 16-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Ushbu tur doirasida “Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidagi raqibi “Al-Nasr” klubi “Najran” jamoasi mehmoni bo'ldi. Autsayderlar qatorida borayotgan “Najran” o'z maydonida kechgan bahsda “Al-Nasr”dan 4:3 hisobida ustun keldi.

Ar-Riyodliklar 16 uchrashuvda 22 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining 6-pog'onasida borishmoqda.

12 fevral
Saudiya Arabistoni chempionati, 16-tur
“NAJRAN” – “AL-NASR” 4:3 (2:3)
Gollar:
Mierjeevski 15 penalti (0:1), Muhammad Al-Bishi 20 (0:2), Tozim 30 (1:2), Erik de Oliveyra 44 (2:2), Ali Sharahli 45+1 (2:3), Erik de Oliveyra 68 penalti (3:3), Bismark 79 (4:3)
“Al-Nasr” tarkibi: 22.Abdulloh Al-Enazi, 4.Omar Xavsavi, 8.Yahyo Al-Sehri, 10.Muhammad Al-Sahlavi, 12.Halid Al-G'amdi, 13.Muhammad Al-Bishi, 14.Ibrohim G'olib (18.Markos Gabriel 72), 24.Xusayn Abdulg'ani, 26.Ali Sharahli, 86.Adrian Mierjeevski (5.Juman Al-Dosari 63), 99.Hassan Al-Raheb (9.Naif Hazizi 78)

“Al-Nasr” 17-turni o'z maydonida 15 fevral kuni Jiddaning “Al-Ittihod” klubiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com