"Al Ittihod" bosh murabbiyini lavozimidan ozod etdi

Nozimov Nig'monxo'ja
8 noya 2023
Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu "Al Ittihod" bosh murabbiyligidan ketdi.

Bu haqida Saudiya Arabistoni klubining matbuot xizmati ma'lum qildi. Jiddaliklar yangi bosh murabbiy nomini e'lon qilgunga qadar jamoani Nununing yordamchisi Hassan Halif uchrashuvlarga tayyorlaydi.

49 yoshli mutaxassis Saudiya jamoasiga 2022 yilning yozida kelgandi va jamoa bilan Saudiya Arabistoni chempioni va Superkubokni qo'lga kiritgandi.

Santuning jamoadan kyetishiga asosiy sabab "Al Ittihod"ning OCHLda "Al Quva"ga mag'lub bo'lgani bo'ldi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia