"Al Hilol" Rafinyani nishonga oldi, "Barselona" 100 mln evro talab qilmoqda

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024
"Al Hilol" Kataloniyaning "Barselona" jamoasi hujumchisi Rafinya Diasga ko'z tikdi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, bosh murabbiy Jorje Jezusning shaxsan o'zi braziliyalik futbolchining transferini xohlamoqda.

Shuningdek, manba "Barselona" o'z futbolchisi uchun 100 mln evro tovon puli talab qilishi haqida xabar berdi. "Al Hilol" allaqachon Rafinyaga "Barselona"dagi yillik maoshidan sezilarli darajada ko'proq maosh taklif qilgan.

27 yoshli Rafinya Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumini 6 gol va 9 golli uzatma bilan yakunladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo