

"L’Equipe" xabariga ko'ra, "Al Hilol" delegaciyasi Parijga borishni va o'sha yerda Mbappe bilan muzokaralarni uzil-kesil hal qilishga harakat qiladi. Shuningdek, Parijda bo'la turib, Malkomning transfer ishlarini yopishadi.
O'z navbatida "Al Hilol" Mbappeni o'ziga hos loyiha bilan tanishtirish niyatida. Bu uning transferga rozilik berish ehtimolini oshirishi mumkin.
Oldinroq aytilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Al Hilol"ning 300 mln evrolik taklifi PSJga ham maqul kelgan.



