"Al Garafa" - AGMK uchrashuvini SPORT TV namoyish etmaydi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2021, 11:19
Bugun OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu bahsni SPORT telekanali namoyish etmaydi. Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, MTRK OCHL pley off bahslarini namoyish etish huquqini sotib olmagan. 

Eslatib o'tamiz, "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:20da boshlanadi. Championat.asia saytida o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin.


Sport telekanalining bugungi dasturidan mazkur o'yin o'rin olmaganini ko'rish mumkin:


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia