

Aslida ular ishtirokidagi matbuot anjumani bugun soat 17:00da bo'lishi rejalashtirilgan edi. Mehmonlarning Qarshiga kechikib kelganlari bois, ular ishtirokidagi rasmiy tadbirlar bugun o'tkazilmadi.
“Al Faysali” klubi vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani ertaga, yani 30 yanvar kuni soat 10:30da o'tkaziladigan bo'ldi. Matbuot anjumanida jamoa murabbiyi Neboysya Yovovich va jamoaning 13-raqamdagi yarim himoyachisi Xalil Baniatiyalar ishtirok etishadi. Xalil Baniatiyah jamoa sardori hamdir.
"Nasaf" klubi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan barcha jurnalistlarni, “Markaziy” stadionida bo'ladigan matbuot anjumaniga taklif etamiz.



