Akmal Xolmatov: "Neftchi"da qolishimni xohlashmadi"

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2017, 21:17
Tajribali yarim himoyachi Akmal Xolmatov "Neftchi" klubidan ketishiga izoh berdi.
- 2016 yilda o'z ustimda yaxshi ishlamagan bo'lsam kerak. "Neftchi" murabbiylari jamoadan ketishim bo'yicha qarorga kelishdi. Lekin u yerdan ketishim asosan klubning tashabbusi bilan bo'ldi deb ham aytmagan bo'lardim. O'zimizda ham ayb bo'ldi. Xullas, ular mening qolishimni xohlashmadi. O'ylashimcha, ikkinchi davrada "Neftchi"ga yordam bera olmadim. Qoraversa Farg'onaga kelishim xato bo'ldim. Klubga qaytmasligim kerak edi. Baribir bu klubni va uning muxlislarini yaxshi ko'raman. Yana bir yil futbol o'ynamoqchiman. Imkon qadar oliy ligada faoliyat olib borishga urinayapman", - deydi Akmal Xolmatov "Futbol Ekspress" gazetasiga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia