
"Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabada Igor Akinfeevning ham xizmatlari bor. Chempionatning so'nggi turida maydonga tushgan Akinfeev o'z darvozasini quruq saqladi va bu borada "Dinamo"ning afsonaviy posboni Lev Yashinni ortda qoldirdi. Endi Akinfeevda "quruq seriyalar" soni 204taga etdi.
Birinchi pog'onada esa Rinat Dasaev turibdi. Dasaev Rossiya chempionatida 229 uchrashuvda o'z darvozasini quruq saqlagan.