"Terek"ka qarshi o'tkazilgan o'yin SSKA darvozaboni Igor Akinfeev uchun Rossiya chempionatlaridagi 283-bahs bo'ldi.
Darvozabon bu borada klubning yangi rekordchisiga aylandi, undan keyin Sergey Semak (282) turibdi. Akinfeev SSKA safida barcha turnirlarda jami 407ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.