

- Mavsum eng muhim pallasiga kirgan. Hozirgi paytda har bir jamoaga ochko kerak. Biz chempionlik, “Olmaliq” esa quyi pog'onalardan yuqoriga ko'tarilish uchun kurashmoqda. Shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, qiziq o'yin bo'ladi. Biz g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Lekin Olmaliqda hech qachon oson o'yin o'tkazmaganimizni unutmaslik kerak. Xatto kecha yoshlar tarkibimiz ham bu yerdan oson g'alaba bilan qaytdi, deya olmayman. Fikrimcha, ob-havoning noqulayligi hech kimga foyda keltirmaydi. Chunki ikkala jamoa ham bir xil sharoitda to'p tepadi. Muxlislarni birinchi qor bilan tabriklayman, - deydi Akbar To'raev.
“Bunyodkor” matbuot xizmati
“Bunyodkor” matbuot xizmati



