Akbar To'raev: "Bunyodkor"dagi barchaga rahmat aytaman"

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2017
"Bunyodkor" klubi posboni Akbar To'raev bugun "Olmaliq" klubiga o'tgani haqida xabar chiqdi. Biz posbon bilan bog'lanib uning fikrlari bilan qiziqdik.
"8 yil davomida "Bunyodkor" sharafini himoya qildim. Bu men uchun qadrdon jamoa bo'lib qoldi. Klubdagi barcha-barcha oshpazdan tortib, haydovchilargacha hammaga katta rahmat deb qolaman.

2017 yil "Bunyodkor"ga omadli bo'lishini tilab qolaman. Osiyo chempionlar ligasida uzoqroqqa borishini tilayman.  

"Olmaliq"da meni juda yaxshi kutib olishdi. Ko'p yigitlar bilan tanishmiz. Jamoaga foyda keltirib muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman", - deydi Akbar To'raev.



Rasman: Akbar To'raev "Olmaliq" bilan shartnoma imzoladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia