Akbar Ismatullaevni tabriklaymiz

Bugun olimpiya terma jamoamiz a'zosi Akbar Ismatullaevning tug'ilgan kuni.
“Paxtakor” safida ishonchli o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ismatullaev bugun 23 yoshini qarshi olmoqda.

Akbar tug'ilgan kunini ayni paytda olimpiya terma jamoamiz a'zolari bilan birgalikda Ummonda nishonlamoqda.

“SA” saytining barcha xodimlari va o'quvchilari nomidan Akbar Ismatullaevga uzoq umr va sog'lik salomatlik tilab qolamiz.

Manba: championat.asia