Ahmadjonov nomidan klublarga ogohlantirish xatlari keldi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2018, 12:48
Bizga ma'lum bo'lishicha O'FA birinchi Vice-prezidenti Umid Ahmadjonov nomidan Superligada ishtirok etayotgan klublarga xat kelib tushgan.

Har bir klubga yuborilgan xatlar bir-biridan farq qiladi. Unda 3 kun ichida ko'rsatilgan bo'limlar bo'yicha asosli ma'lumotlar O'FAga taqdim qilinishi so'ralgan.

Aksar klublar yillik smetani 25 milliard so'm bo'lishini taminlay olmaganligi haqida ogohlantirilgan. Yana bazilari muxlislar tashrifi bo'yicha oqsaganliklari borasida. Mavjud muammolarni to'g'irlamagan klublar 2019 yilgi mavsumga qo'yilmasliklari haqida ogohlantirish olganlar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia