Ahmad Ubaydullaev "Andijon"da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2018, 12:58
Andijon klubining tarkibida e'tiborga molik o'zgarishlar bo'lgani kabi murabbiylar shtabida ham yangilanishlar sodir bo'lganidan xabaringiz bor.

Jamoa bosh murabbiyi Eldor Sakaev o'ziga maqul mutaxassislarni o'z shtabiga chorladi. Ana shunday mutaxassislardan biri Ahmad Ubaydullaevdir.

Yurtimiz futbolida o'z mavqeiga ega bo'lgan Ahmad Inoyatovich tajribali murabbiylardan biri hisoblanadi. O'z vaqtida Ubaydullaev O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro maydonlarda ishtirok etib muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning oxirgi ish joyi Bekobodning Metallurg jamoasi edi. Endi esa Sakaev va Ubaydullaev tandemi Andijonda o'z faoliyatini boshladi.

 Darvoqe, Eldor Sakaevga shuningdek, yordamchi murabbiy Diyor Mirzaboev va darvozabonlar murabbiyi Qobil Olimjonov yaqindan yordamlashmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати