Ahmadjon Ubaydullaev: "Andijon" selekciyada xato qildi"

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2014, 14:50
"Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni sifatida taniqli murabbiy Ahmad Ubaydullaev ishtirok etdi.
Ayni paytda "Metallurg" klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Ahmad Ubaydullaev oliy liganing autsayderlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Dinamo"da tarkib anchagina yaxshi ko'rinishda. Kuchli futbolchilar jamlangan. "So'g'diyona"ning holatini barcha yaxshi biladi. Nima bo'lgan taqdirda ham "So'g'diyona"ning o'yinlari yaxshi chiqmoqda.

"Andijon" esa menimcha selekciyada xato qildi. Ularning oldida ikkita og'ir o'yin bor. Agar davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'lmasa jamoaning ahvoli ancha og'irlashib qoladi", - deydi Ubaydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia