Aguero yozda "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan ekan

Tolibjon Qosimov
22 sen 2018, 19:57
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero yozda faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin bo'lgan ekan.

"The Times" nashrining xabar berishicha, argentinalik "Real" bilan shartnoma tuzishga tayyor bo'lgan. O'shanda madridliklar hali "Lion" hujumchisi mariano Diasni xarid qilishmagan edi.

"Manchester Siti" "Real" bilan muzokaralar olib borishni rad etgan.

Ma'lumot uchun, Aguero kecha "shaharliklar" bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi.

Rasman: Aguero "Manchester Siti" bilan yangi bitim imzoladi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Times