Aguero "Real"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga chek qo'ydi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013, 20:38
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi emas.
"Haqiqat shuki men "Manchester Siti"da baxtliman. Klub menga juda yaxshi munosabatda bo'lmoqda. Bu yerda Ispaniya yoki Argentinadagidan ko'ra sokinroq. Menga faqat futboldan rohat olib, dam olish va shahar aylanish qolmoqda xolos.

Angliyada doim oldinga intilasan. Mahalliy futbol ancha tezkor. Har kuni yangi narsalarni o'rganaman", - deydi Aguero Britaniya matbuotiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com