Aguero: "Messi qolganlardan bir bosh ustun"

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 11:29
Sobiq futbolchi Serxio Aguero PSJdagi hamyurti Leo Messi haqida fikr bildirdi.

"Boshqa futbolchilar o'zida muammo his qilib turgan paytda u hali ham yuqori jismoniy holatda. So'nggi 15 yil davomida Messi kabi kuchli futbolchini ko'rmadim.

Yoshlar jamoalarida u so'nggi 5 daqiqada maydonga tushsa ham ikkita gol urib chiqib ketardi. U shunchaki harakat yo'nalishin o'zgartirib, tezda gollar urib tashlardi. Qachonki u bor e'tiborini fintlarga qaratsa, undan to'pni olib qo'yib bo'lmasdi. Shu sababli uni boshqa futbolchilardan bir bosh ustun deb hisoblayman", - dedi Aguero.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal