Aguero: "Mashg'ulotlarga bir soat erta kelgandim, barcha joy yopiq edi"

Mirjalol Normatov
7 sen 2021, 00:50
"Barselona" futbolchisi Serxio Aguero Kataloniya klubining mashg'ulot hayoti haqida gapirdi.

"Manchester Siti"da barcha futbolchilar mashg'ulotga bir yarim soat oldin kelardi. "Barselona"da esa yarim soat oldin.

Men mashg'ulotga bir soat oldin borib, zalda shug'ullanmoqchi edim. Biroq borsam u er yopiq va hech kim yo'q edi", - dedi Aguero.

Argentinalik forvard 3 oy oldin "Barselona"ga o'tgandi. Hozircha u jamoasi tarkibida birorta o'yinda qatnashgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal