AGMKning eronlik futbolchisi AQSH bilan o'yindan oldin: "Umid qilamanki, maksimal ochko olib guruhdan chiqamiz"

Iskandarov Abdulaziz
29 noya 2022, 23:50
Birozdan so'ng JCH-2022 guruh bosqichidan o'rin olgan Eron - AQSH uchrashuvi boshlanadi.


Mazkur uchrashuvdan oldin AGMKning eronlik futbolchisi Siyavash Haqnazariyning fikrlarini e'tiboringizga havola qilamiz. 


- Dastlabki uchrashuvda omadimiz kelmadi. Murabbiyning bu uchrashuvga rejalari bor edi. Lekin afsuski ish bermadi. Fikrimcha, Uels bilan o'yinda haqiqiy Eronni ko'rdik. Ular forslarning qanday salohiyatga egaligini ko'rsata olishdi. Oldinda AQSHga qarshi juda muhim uchrashuv bor. Umid qilamanki, maksimal ochko olib keyingi bosqichga chiqamiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia