AGMK futbolchisi "So'g'diyona"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
26 iyul 2019, 14:04
Bugun Superligada 2-davra bellashuvlari start oladi.

Jamoalar tarkibni kuchaytirish borasida so'nggi ishlarni olib borishmoqda.

Birinchi davrani AGMK klubida o'tkazgan markaziy himoyachi Sherzod Fayziev "So'g'diyona"ga o'tdi. Himoyachi kuni kecha olmaliqlik lagerini tark etgan va jizzaxliklar safiga borib qo'shilgan.


Ma'lumot uchun, Fayziev 1-davrada AGMK safida jami 7ta o'yinda 416 daqiqa to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia