AGMK Antaliyada 5ta nazorat o'yini o'tkazadi

Alisher
6 fev 2022, 16:56
AGMK kechadan boshlab yaxshi mavsumga tayyorgarlik bosqichining asosiy qismini Turkiyaning Antaliya shahrida boshladi.

Mazkur yig'in doirasida Olmaliq jamoasi 5ta nazorat uchrashuvlarini o'tkazishi rejalashtirilgan. Ertaga birinchi o'yin Qozog'istonning Kaspiy jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Shuningdek, keyinchalik Rossiya birinchi divizioni vakili Nefteximik, Gruziya Oliy ligasi jamoasi Sioni, Serbiyaning Indjiya va Qozog'iston klubi Atirau bilan nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi.


Nazorat o'yinlari jadvali:

7 fevral

AGMK - Kaspiy (Qozog'iston)

10 fevral

AGMK - Nefteximik (Rossiya)

13 fevral

AGMK - Sioni (Gruziya)

17 fevral

AGMK - Injiya (Serbiya)

19 fevral

AGMK - Atirau (Qozog'iston)


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати