Agent: "Adriano "Barselona"da baxtli, ammo ko'proq maydonga chiqishni xohlaydi"

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2015, 13:14
"Barselona" himoyachisi Adriano Korreaning agenti Pulo Afonso mijozining boshqa klubga o'tishi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Adriano "Barselona"da baxtli. U jamoaning har bir a'zosi bilan yaxshi munosabatda va "Barselona" tarkibida ko'p narsaga erishdi. Mijozim qo'lga kiritilgan sovrinlar va o'tkazilgan yillar uchun klubdan minnatdor. Ammo u ko'proq maydonga chiqishni istaydi va faqat shu narsa uni klubni o'zgartirishga majbur qilishi mumkin. Hozir bizga kelib tushayotgan takliflarni ko'rib chiqyapmiz, keyinroq hamma uchun yaxshi bo'ladigan qarorni qabul qilamiz. Adriani Chempionlar ligasida o'ynab, doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi" - deydi Afonso.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com