Agar Laporta prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonsa, Puyolni "Barselona"ga qaytaradi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2015, 16:10
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta klub prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonsa, Karles Puyolni qaytarmoqchi.

Laporta Puyolni o'z do'sti deb atadi va uning fikricha, sobiq himoyachi jamoaga yordam bera oladi.

Puyol yakunlangan mavsumda "Barselona" sport direktori Andori Subissaretaning yordamchisi bo'lib ishladi. Ammo rahbariyat Subisarretani iste'foga chiqarganda, Puyol ham klubni tark etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com