

Argentinalikning turinliklar bilan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi, muzokaralar esa to'xtab qolgan.
Futbolchi Yevropada qolish niyatida. Ma'lum bo'lishicha, "Galatasaroy" va "Benfika" klublari Anxelni o'z tarkibida ko'rish niyatida. O'z navbatida "Barselona" ham ushbu transferga harakat qilib ko'rishi mumkin. Buning uchun kataloniyaliklar Di Mariyaning terma jamoadagi sherigi Lionel Messini ortga qaytishga ko'ndirishlari talab qilinadi.



