Afzal Azizov: "Kraev uchun hammamiz qayg'urayapmiz"

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 15:38
Ayni paytda jamoamiz ertaga bo'lib o'tadigan “Zarafshon”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Mana o'yinga yaxshi hozirlik ko'rish bilan birga futbolchilarning o'y-hayolida Dmitriy Kraev ham turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xabaringiz bor, Kraevni ayni damda jiddiy operaciya jarayoni kutib turibdi. Ammo futbolchini jamoadoshlari yolg'izlatib qo'yishayotgani yo'q. Jamoamiz sardori Afzal Azizov bilan suhbatlashib Kraev to'g'risida fikrlarini so'radik.

 - Albatta, Dmitriy Kraevni bunday hasatalikka uchrashi nafaqat men, balki butun jamoa uchun dahshatli xabar bo'ldi. Dima mashg'ulot paytida betob bo'lib qolganda, bu og'ir kasallik ekanligi bilindi. Albatta, jamoadoshiningni bunday holatga tushishini ko'rib, odam ich-ichidan qiynalib ketadi. Shifokorlar tomonidan tashhis qo'yilgandan keyin biz ham tushkunlikka tushib qoldik. Qolaversa, hozir hammamiz Kraev uchun qayg'uryapmiz. Davolanishning yagona yo'li jarohlik stoliga yotish ekan. Boz ustiga bunday operaciya Rossiya, Germaniya, Isroil kabi tibbiyoti rivojlangan davlatlarda o'tkaziladi va buning uchun katta mablag' kerak bo'ladi. Shu bois butun jamoa bilan kelishib, yordam tariqasida mukofot pulimizni jamoadoshimizga berishga qaror qildik. Bundan tashqari murabbiylarimiz va butun jamoa qo'ldan kelgancha yordamini berishga tayyor.

Toshkentda tashhis natijalarini olish jarayonida Kraevning yonida bo'ldim. Ayni paytda Dima juda tushkun holatda. Shunday og'ir paytda unga dalda bo'lishga harakat qilyapmiz. Xudo xohlasa, operaciya yaxshi o'tishiga umid qilamiz. Oilasi va ikki nafar egizak qizchalarining baxtiga Kraev sog'ayib ketishini butun jamoa nomidan tilaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz