"Afsonalar kubogi-2020"

Narzulla Saydullayev
13 fev 2020, 12:06
"Afsonalar kubogi" - 35 yoshdan katta futbolchilar o'rtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi.

Bu turnir tartib bo'yicha 12-marta o'tkazilishi kutilmoqda. Shu paytgacha faqat ruslar g'alaba qozongan (11 marta).

O'yinlar "Lujniki" kichik sport arenasida bo'lib o'tadi. Oldingi mavsumlar ham aynan shu stadionda o'tazilgan.

Bu galgi "Afsonalar kubogi"da 8 jamoa qatnashadi. Uchrashuvlar 3 kun davom etadi(21-23 fevral).

Reglamentga ko'ra, har bir jamoa 6 kishidan iborat bo'ladi: 5 o'yinchi + darvozabon. Har bir o'yin 2 taym 40 daqiqa( bir taym 20 daqiqadan) davom etadi: G'alaba qozongan jamoa 3 ochko oladi. Durang uchun - 1 ochko.


Qur'a natijalariga ko'ra, jamoalar 2 guruhga ajratilgan:


"A" guruhi: Rossiya, Ispaniya, Portugaliya, Turkiya
"B" guruhi: Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Yulduzlar terma jamoasi


O'yinlar taqvimi
21 fevral
16:00 Portugaliya - Ispaniya ("A" guruhi)
17:00 Fransiya - Germaniya ("B" guruhi)
18:00 Rossiya - Turkiya ("A" guruhi)
19:00 Yulduzlar terma jamoasi - Niderlandiya ("V" guruhi)

22 fevral
14:00 Turkiya - Portugaliya ("A" guruhi)
15:00 Germaniya - Niderlandiya ("V" guruhi)
16:00 Ispaniya - Turkiya ("V" guruhi)
17:00 Fransiya - Yulduzlar terma jamoasi ("V" guruhi)
18:00 Rossiya - Portugaliya ("A" guruhi)
19:00 Yulduzlar terma jamoasi - Germaniya ("V" guruhi)
20:00 Ispaniya - Rossiya ("A" guruhi)
21:00 Niderlandiya - Fransiya ("V" guruhi)

23 Fevral
15:00 4A - 4B 7-o'rin uchun
16:00 3A - 3B 5-o'rin uchun
17:00 2A - 2B 3-o'rin uchun
18:00 Final 1A - 1B
Yopilish marosimi 18:45

Eslatma: Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

"Futbol afsonalari kubogi-2020"ni Match TV, Match! Premer va Match! Futbol telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: legends.ru