Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga yakuniy 3 nafar da'vogar ma'lum

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2022, 22:08
Afrika futbol konfederatsiyasi qisqargan nomzodlar nomini keltirib o'tdi.

Endi sovringa Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr) va Sadio Mane ("Bavariya", Senegal), shuningdek, darvozabon Eduard Mendi ("Chelsi", Senegal) da'vogarlik qilmoqda.

Bundan tashqari, "Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi" nominaciyasi uchun Annibal Mejbri ("Manchester Yunayted", Tunis), Karim Konate ("RB Zalcburg", Kot-d’Ivuar) va Pap Matar Sarr (Tottenxem”, Senegal) kurashmoqda.

"Eng yaxshi murabbiy" mukofotini yutish uchun esa Aliu Sisse (Senegal terma jamoasi), Karlush Keyrush (Misr terma jamoasi) va Valid Redragi ("Vidad") kabi nomzodlar keltirilgan.

Kamerun, Misr va Senegal jamoalari "Yilning eng yaxshi terma jamoasi" nomi uchun bellashmoqda.

CAF Awards 2022 21 iyul kuni Marokashning Rabat shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Africa Foot United