"Zenita" va Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Dik Advokaat "Sanderlend" bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar hisoblanmoqda.
Klub o'z murabbiyi Gustavo Poyetni iste'foga chiqardi. 67 yoshli Advokaatning so'nggi ish joyi Serbiya terma jamoasi bo'lgandi. U 2014 yilda bir nechta muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng termani tark etgandi.