Adnan Oraxovac "Paxtakor"dan kyetmaydi

"Paxtakor"ning chernogoriyalik himoyachisi Adnan Oraxovac ikkinchi davrada ham "sherlar" sharafini himoya qiladi.


Ma'lumotlarga qaraganda, "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi Shota Arveladze Adnan Oraxovacni jamoada olib qolishga qaror qilgan.

Adnan Oraxovac bilan klub o'rtasida amalda shartnoma mavjud va mavsum so'nggiga qadar himoyachi "sherlar" safida to'p tepadi.

Oxirgi o'yinlarda xattoki o'yin qaydnomasiga ham kirmay qolgan himoyachi o'z yurtiga jo'nab ketgandi.

Ayni paytda "Paxtakor" jamoasi yozgi tatilga chiqqan. Jamoa 5 iyul kuni o'z qarorgohida yig'iladi.

"Paxtakor"ning boshqa legioneri Yurica Bulyat bilan esa klub o'rtadagi bitimni bekor qilishi haqida avvalroq xabar bergandik.


Manba: championat.asia