Adebayor faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2023, 16:28
"Arsenal" va "Tottenxem" klublarining sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor 39 yoshida faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Forvard "Mec" (2001-2003), "Monako" (2003-2006), "Arsenal" (2006-2009), "Manchester Siti" (2009-2011), "Real" (2011), "Tottenxem" (2011-2015), "Kristal Pelas" (2016), "Istanbul Bashakshexir" (2017-2019), "Kayserispor" (2019) va "Olimpiya" (2020) jamoalarida to'p tepgan. Togo terma jamoasi safida 87 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol urgan.

Adebayor 2008 yilda o'sha mavsumning eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic