APLning uch klubi Adebayor uchun kurashadi

Alisher
29 yanv 2020
"Arsenal" va "Manchester Siti" sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Togo terma jamoasi hujumchisi hozirda erkin agent maqomida yuribdi.

Xabarlarga ko'ra, futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor bo'lib turganlar orasida "Aston Villa", "Nyukasl" va "Brayton" klublari bor.

Qizig'i, 35 yoshli futbolchi APLda o'ynamoqchi. Adebayor chempionatdagi gollari sonini 100taga etkazmoqchi, hozir unda gollar soni 97ta.

Eslatib o'tamiz, futbolchining bundan oldingi klubi "Kayserispor" bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun