Abror Pirriev Aziz G'aniev 6 oyga safdan chiqqanini ma'lum qildi

Tolibjon Qosimov
19 fev 2021, 12:01
"Lokomotiv" klubi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Abror Pirriev telegram-kanalida "Shabab Al Ahli" futbolchisi Aziz G'aniev aynan qanday jarohat olgani haqida post qoldirdi.

"Aziz G'anievning jarohati haqida barcha muxlislar bilib ulgurishdi. BAA yig'inida bo'lib turgan aksar MTJ a'zolari u bilan ko'rishishdi ham. Shifokor sifatida ijtimoiy tarmoqlardagi bazi bir xabarlarni to'g'rilagan holda aytar bo'lsam jarohat tashxisi: O'ng oyoq tizza bo'g'ini old xochsimon boylamining uzilishi (ilgari jarohat olib “operaciya” qilingan oyog'i chap oyog'i edi).

Hozirda “Shabab Al-Ahli” jamoasi rahbariyati G'anievning jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun Yevropaning kuchli sport tibbiyot markazlarini mo'ljallashgan. Ammo pandemiya sabab mavjud noqulayliklarni inobatga olgan holda o'sha mutaxassislarni BAAga chaqirtirish varianti ham ko'rib chiqilmoqda. Xudo xoxlasa barchasi rejadagidek amalga oshsa, kamida 6 oy muddatni oluvchi davo va reabilitaciya muolajalaridan so'ng Aziz sentyabr oyida boshlanuvchi amirliklarning futbol mavsumiga tayyor bo'lishi mumkin. MTJ a'zolari va muxlislar nomidan barchasi hamyurtimiz uchun xayrli yakun topishini Yaratgandan so'rab qolamiz", - deb yozdi shifokor Pirriev.


VIDEO  Aziz G'anievga sog'lik tilaymiz. U qanday jarohat olgandi?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/abrorpirmuhammad