

Bu haqida oldinroq sizlarga ma'lumot berib o'tgandik. Kecha "Mashal"ga tegishli bo'lgan ushbu futbolchilar "Bunyodkor" lagerini tark etishgan. Ular "qaldirg'ochlar" tarkibida ijarada o'ynashayotgandi.
Ular ikkinchi davrani "Nasaf" tarkibida ijarada o'tkazishi kutilmoqda. Yodingizda bo'lsa, o'tgan mavsumda har ikki futbolchi ham "ajdarlar" safida bo'lishgandi.
Sardor Abduraimov "Bunyodkor" tarkibida 1 o'yinda qatnashgan bo'lsa, Murtozaev 7 uchrashuvda bir bora raqiblari postini ishg'ol qildi.



