

SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev qishki yig'inlardan keyin jamoa RPLda qanday imkoniyatlarga ega bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Yig'inlardan keyin yaxshi o'yin ko'rsatsak – kuchli uchlikda bo'lamiz. Chempionlik uchun kurashishda davom etamiz. Ikki yil oldin SSKA syurpriz ko'rsatib, ikkinchi o'rinni egallagandi. Adashmasam, o'shanda ham jamoa qishki tanaffusdan oldin beshinchi yoki oltinchi o'rinda borayotgan edi. Bu bizning qo'limizdan keladi", -deydi Abbosbek Fayzullaev.
Ma'lumot uchun, SSKA hozirda RPL jadvalida 31 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.



