

Murabbiy futbolchimizga asosiy tarkibda imkon berishda davom etmoqda. Abbos esa o'zining ajoyib o'yinlari bilan bildirilgan ishonchni har bir o'yinda oqlayapti. Futbolchi bugun terma jamoa ixtiyoriga yetib keldi va mashg'ulotlarga qo'shildi. Biz esa uning fikrlari bilan qiziqdik.
- Klubdagi faoliyatimdan ko'nglim to'lyapti, desam ham bo'ladi. Jamoaga ancha kirishib ketdim. Maydonda va maydon tashqarisida o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Moslashish jarayonida jamoadoshlarim ham ancha yordam berdi. Hozir hammasi yaxshi. SSKAga moslashishda jamoadoshlarimning yaxshi qabul qilgani hamda til bilan bog'liq muammo bo'lmagani katta rol o'ynadi, deb o'ylayman.

- O'zbekiston terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralashi va Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Jamoadagilarning kayfiyati a'lo darajada. Har bir raqib o'ziga yarasha qiyin. Ulardan kuchli ekanligimizni maydonda ko'rsatishimiz kerak.



