Aaron Remzi: Vengyerdan qarzdorman

23 apr 2018, 00:40
“Arsenala“ Aaron Remzi “Vest Xem” (4:1) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lisha turib ustozi haqida gapirdi.

“Vengerning ketishi ko'p yigitlar uchun og'ir holat. U bizga ishonardi va ko'p yillar davomida bizga imkoniyat taqdim etib keldi. U meni 17 yoshimda klubga olib keldi. Men Vengyerdan qarzdorman. U hozirda bo'layotgan barcha olqishlarga munosib. Umid qilamanki, mavsumni yuqori nuqtada yakunlaymiz. Yevropa Ligasidagi g'alaba uning uchun ideal yakun bo'lgan bo'lar edi”, - deydi Aaron.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports