A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018, 14:06
Italiya futbolchilar Assotsiatsiyasi tomonidan A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, so'rovnomada "Inter" hujumchisi va sardori Mauro Ikardi g'olib bo'ldi. Argentinalik futbolchi o'tgan mavsum Italiya chempionatining 34ta uchrashuvida 29ta gol urib, turnir to'purariga aylandi. "Lacio" forvardi Chiro Immobile ham shuncha gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

Yozda Ikardiga "Real" qiziqish bildirdi, ammo transfer amalga oshmadi. Joriy mavsum 25 yoshli hujumchi 11ta uchrashuvda 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia