A Seriyaning barcha 3 jamoasi 1/8 finalning dastlabki o'yinida g'olib bo'ldi, APL klublari esa...

Aziz Tukhtamuradov
23 fev 2023, 08:18
A Seriya jamoalari YCHL pley-offdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlashdi.

"Milan" "Tottenxem"ni (1:0), "Napoli" "Ayntraxt"ni (2:0) va "Inter" "Portu"ni (1:0) YCHL 1/8 finalining dastlabki o'yinlarida mag'lub etdi. 

Ushbu musobaqa tarixida 3 ta italyan klubi xech qachon pley-offning bitta bosqichidagi dastlabki o'yinlarda g'olib chiqa olmagan. 

APL klublari esa ushbu bosqichda yutqazib qo'yishdi. "Chelsi", "Tottenxem" va "Liverpul" klublarining uchchalasi ham ushbu bosqichda yutqazishdi. "Manchester Siti" esa durang o'ynadi. Bunaqasi so'nggi marotaba 2014/15 yilgi mavsumda bo'lgandi. O'shanda "Arsenal", "Manchester Siti" va "Chelsi" jamoalari g'alaba qozona olmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta