A Seriya. Afsonaviy Buffon "Yuventus"dagi faoliyatini g'alaba bilan yakunladi

Tolibjon Qosimov
19 may 2018, 19:56
Ayni paytda Italiya A Seriyasi 38-turi doirasidagi "Yuventus" - "Verona" bahsi bo'lib o'tdi.

Janluiji Buffonning "Keksa sinoralar" tarkibidagi so'nggi uchrashuvidagi vaziyatlarni shu sahifada kuzatib bordingiz.

YANGILASH


Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon "Yuventus"dagi faoliyatini g'alaba bilan yakunladi.

A Seriya
38-tur
"Alyanc stedium", Turin
"Yuventus" - "Verona" 2:1
Bosh hakam:
Rikkardo Pinzani
Gollar: D.Rugani 50, M.Pyanich 52 - A.Cherchi 76 

Amalga oshirilmagan penalti: S.Lixtshtayner 85

"Yuventus": Buffon (K.Pinsoglio, 64), Bardzali, Aleks Sandro, Lixtshtayner, Rugani, Markizio, Pyanich, Sturaro (Bentankur, 44), Duglas Kosta (G.Iguain, 66), Dibala, Mandjukich.

"Verona": Nikolas, Ferrari, Karachcholo (E.Bearzotti, 46), Suprean, Fares, Aarons (Sukulini, 62), Romulo, Danci, Fossati, Rider Matos, Cherchi.

Muxlislar uchrashuvdan oldin Buffon bilan shu tariqa xayrlashdilar. Barchasi juda ta’sirli...


Afsonaning o'zi ham ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi.


"Alyanc stedium" Buffon sharafiga "Yuventus" va Italiya ranglariga burkangan.


Massimiliano Allegri Buffonni olqishlar ostida kuzatib qo'yishlariga imkon yaratib berdi. Uchrashuvning 64-daqiqasida Jiji almashtirildi.


Afsona ketdi...

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia