A Seriya: Ronalduning dubli "Yuventus"ga g'alaba keltirdi va turinliklar "Inter"dan ilgarilab ketishdi

20 yanv 2020, 02:51
Italiya A Seriyasining 20-turi doirasidagi navbatdagi o'yinda Mauricio Sarri boshchiligidagi "Yuventus" o'z uyida "Parma" bilan bellashdi.

Qiziqarli o'tgan bahsda maydon egalari "Yuventus" jamoasi qiyin g'alabani tantana qildi. Krishtianu Ronalduning dubliga "Parma" futbolchisi Kornelius javob qaytardi.

Mazkur g'alabadan keyin "Yuventus" to'plagan ochkolar soni 51taga etdi va turinliklar "Inter"dan 4 ochkoga uzib ketishdi.

Uchrashuvda dublga erishgan Ronaldu esa gollari sonini 16taga etkazib, to'purarlar poygasida 23 gol bilan peshqadamlik qilayotgan "Lacio" hujumchisi Chiro Immobileni quvishda davom etmoqda.


A Seriya, 20-tur. Turnir jadvali

Yuventus – Parma 2:1

Alyanc Stedium

Gollar: Ronaldu (43, 58) – Kornelius (55).

Yuventus – Shchensni, de Ligt, Aleks Sandro (Danilo, 21), Bonuchchi, Remzi (Iguain, 59), Kuadrado, Matyuidi, Pyanich, Rabo, Ronaldu, Dibala (Duglas Kosta, 81).

Parma – Sepe, Yakoponi, Darmian, Brunu Alvesh, Galolo, Ernani, Skoccarella (Sprokati, 66), Kulusevski (Siligardi, 88), Kucka, Kurtich, Ingleze (Kornelius, 44).

Ogohlantirish: Kurtich (71).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia