A Seriya. "Napoli" ham "Milan"ni to'xtatib qololmadi

Italiya chempionati 8-turi doirasidagi yana bir uchrashuv nihoyasiga etdi.

Bugun "Milan" "Napoli" mehmoni bo'ldi. Pioli koronavirusga chalingani bois o'yinga "qizil-qoralar"ni yordamchi murabbiy Daniele Bonera boshlab bordi. Uchrashuvda 39 yoshli Zlatan Ibragimovichning dubli va Yens Petter Xaugening goli "rossonerilar"ga 3 ochko olib berdi. Neapolliklarning javob goliga Dris Mertens mualliflik qildi. Shu tariqa ochkolari sonini 20 taga etkazib olgan milan musobaqada karvonboshilik qilishda davom etadi → TURNIR JADVALI

Darvoqe, Zlatan Ibragimovich 79-daqiqada maydonni jarohat bilan tark etdi.

Napoli – Milan 1:3

23 noyabr, 00.45, San-Paolo

Gollar:

0:1 – 20 Ibragimovich, 0:2 – 54 Ibragimovich, 1:2 – 63 Mertens, 1:3 – 90 Xeuge.

Napoli – Meret, Manolas, Di Lorenco, Mariu Ruy, Kulibali, Politano (Petanya, 69), Fabian Ruis (Elmaz, 90), Insine, Bakayoko, Losano (Zelinski, 56), Mertens.

Milan – Donnarumma, Romanoli, Ker, Teo, Kalabriya, Chalxanoglu (Krunich, 87), Bennaser, Kessie, Salemakers (Kastilexo, 73), Rebich (Xeuge, 73), Ibragimovich (Kolombo, 79).

Ogohlantirishlar:

Bakayoko (16), Kalabriya (47), Rebich (59), Kessie (76), Mariu Ruy (81), Kastilexo (85).

Chetlatish:

Bakayoko (65).


Manba: championat.asia