A Seriya. “Milan” Rimda “Roma”ni taslim etdi

Eldor Akmurzayev
1 mar 2021, 02:45
Italiya chempionati 24-turidan o'rin olgan "Roma" - "Milan" bahsida mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.

1-taym oxirlarida Frank Kessi raqib darvozaiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi, keyin esa mezbonlar yarim himoyachisi Jordan Veretu oradagi farqni tikladi.

Mazkur goldan biroz o'tib, Ante Rebich raqib darvozasini ishg'ol etdi va jamoasiga 3 ochko keltirdi – 2:1.

“Milan” turnir jadvalida 52 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. 44 ochkoga ega “bo'rilar” 5-pog'onani egallab turibdi.

"Roma" – "Milan" 1:2 (0:1, 1:1)

"Stadio Olimpiko"

Gollar: 0:1 – 43, penalti Kessie, 1:1 – 50 Veretu, 1:2 – 58 Rebich.

"Roma" – Lopes, Karsdorp, Fasio (Bruno Peres, 62), Manchini, Spinaccola, Veretu (Diavara, 79), Kristante, Mxitaryan, Vilyar (El-Shaaravi, 70), Pellegrini, Mayoral (Pedro, 79).

"Milan" – Donnarumma, Ker, Teo, Tomori, Kalabriya, Tonali (Meyte, 83), Salemakers (Kastilexo, 83), Chalxanoglu (Braim Dias, 46), Kessie, Rebich (Krunich, 67), Ibragimovich (Rafael Leau, 56).

Ogohlantirishlar: Fasio (41), Salemakers (46), Mxitaryan (80), Kalabriya (85), Pellegrini (89), Kastilexo (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia