

A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "Speciya" "Fiorentina" mehmoni bo'ldi va durang qayd etdi. "Speciya" safidan golni Nzola urdi.
Mehmon jamoa sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov o'yinni zaxirada boshladi. Shomurodov 77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Fiorentina – Speciya 1:1 (1:1, 0:0)
"Artemio Franki"
Gollar: 1:0 – 25, avtogol Visnevski, 1:1 – 32 Nzola.
Fiorentina – Terrachchano, Dodo, Martines, Igor Julio, Biragi, Bonaventura, Mandragora (Dankan, 80), Ikone (Gonsales, 60), Kastrovilli (Barak, 71), Sottil (Brekalo, 60), Artur (Yovich, 80).
Speciya – Drongovski, Amyan, Ampadu, Visnevski, Nikolau, Ekdal (Espozito, 76), Burabiya (Bastoni, 65), Jurkovski, Djasi (Shomurodov, 77), Maldini (Cipot, 65), Nzola (Verde, 89).
Ogohlantirishlar: Maldini (35), Nzola (45), Djasi (45), Italyano (61), Ampadu (63), Bastoni (68), Ekdal (72), Visnevski (77).



