A Seriya klubi "Zenit" forvardiga qiziqmoqda

Alisher
29 iyun 2021
Forvard Sebastyan Driussi "Zenit"dan kyetishi mumkin.

Italiyaning "Kalyari" klubi hujumchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Klub rahbariyati transfer borasida rus klubi bilan aloqaga chiqqan.

Rossiya chempionlari Driussining sotuvidan 7 million evro ishlab olmoqchi. Sebastyan esa Italiyaga yo'l olish uchun maoshining kamayishiga ham rozi. Futbolchining Peterburg klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Driussi o'tgan mavsum RPL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb