Driussi "Zenit"ni tark etdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021, 20:24
Hujumchi Sebastyan Driussi "Zenit" bilan shartnomasini bekor qilib, jamoani tark etdi.

"Seba, g'alabalarimizga ulkan hissangni qo'shganing uchun sendan minnatdormiz va kelgusi faoliyatingda omad tilaymiz. Barchasi uchun rahmat!" - deyiladi klubning tvittyerda e'lon qilgan xabarida.

Eslatib o'tamiz, Driussi "Zenit" tarkibida 138 uchrashuv o'tkazib, 25 ta gol urdi hamda 28 golga pas berdi.

Klub bilan birgalikda hujumchi uch marta Rossiya chempioni bo'ldi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogini (2 marta) qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/zenit_spb