A Seriya klubi vaqtincha mashg'ulotlarni to'xtatdi

Eldor Akmurzayev
23 fev 2021, 21:20
Bunga koronavirus sabab bo'ldi.

O'tgan hafta “Torino”da COVID-19 bilan bog'liq uch holat aniqlandi. Shu tufayli jamoa vaqtinchalik mashg'ulotlarni to'xtatdi. Klub kasallanganlar soni ortishidan xavotirlanmoqda. “Buqalar”ning keyingi rejalari yangi test natijalaridan so'ng aniq bo'ladi.

“Torino” navbatdagi uchrashuvini 26 fevral kuni “Sassuolo”ga qarshi o'tkazishi kerak. Jamoa A Seriya 23 turidan keyin 20 ochko to'plagan holda 17-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru