A Seriya. Iyun oyining eng yaxshi o'yinchisi ma'lum bo'ldi

13 iyul 2020, 20:24
Bergamoning "Atalanta" klubi futbolchisi Alexandro Gomes Italiya chempionatining iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqida turnir matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Atalanta" sardori o'tgan oy davomida gol urmadi, ammo u tomonidan amalga oshirilgan 4 ta golli uzatma jamoaga "Sassuolo", "Lacio" va "Udineze"ni mag'lub qilib, turnir jadvalining 3-pog'onasiga ko'tarilib olish uchun yordam berdi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazgan argentinalik futbolchi 7 gol, 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/SerieA