A Seriya. "Inter" o'z uyida "Roma"ni mag'lub etdi. Shomurodovdan assist

Narzulla Saydullayev
23 apr 2022
Italiya A Seriyasi 34-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda "Inter" "Roma"ni taslim etdi.

O'yinning 78-daqiqasida maydonga tushgan Eldor Shomurodov Mxitaryanning goliga assistentlik qildi. Ushbu golni telegram kanalimizda ko'rishingiz mumkin.

"Inter" – "Roma" 3:1 

Gollar: 1:0 – 30 Dumfris, 2:0 – 40 Brozovich, 3:0 – 52 Martines, 3:1 – 85 Mxitaryan.

Inter – Xandanovich, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (Bastoni, 64), Perishich (Gozens, 72), Brozovich (Galyardini, 72), Chalxanoglu, Barella, Djeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 82).

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Zalevski (Vinya, 78), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (Bove, 80), Pellegrini (Veretu, 64), El-Shaaravi (Karles Peres, 64), Abraxam (Shomurodov, 78).

Ogohlantirishlar: Manchini (36), Brozovich (45), Serjiu Oliveyra (79), Chalxanoglu (87).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia